Gimenomitsetlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gimenomitsetlar (Hymenomycetales) — bazidiyali zamburugʻlar (qarang Bazidiomesetlar) bir necha tartiblarining umumiy nomi. Spora hosil qiladigan qavati (qarang Gimeniy) koʻpincha zamburugʻ meva va tanasining sirtida ochiq joylashgan. Gimenomitsetlarning 16000 ga yaqin turi mavjud. Ularning koʻpchiligi yeyiladigan zamburugʻlar, ayrim turlari zaharli. Koʻpchilik gimenomitsetlar saprofit, baʼzilari, masalan, poʻkak zamburugʻlari parazit hayot kechiradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil