Giltcholgich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Giltcholgich — qoraqalpoq ayollarining ziynat buyumi, taqinchogʻi. Tuzilishi sakkiz (8 ) raqamiga oʻxshash boʻlib, kumush boʻlagidan yasaladi. Oʻrtasiga qimmatbaho tosh qadalib, atrofi oddiy handasiy (doira) shakllar bilan bezatiladi; unga gilt (bezak sifatida ishlangan kalitcha) toʻgʻnab qoʻyiladi. G. koʻylak yoqasi old kesimining pastki qismi yoki koʻkrak burmasiga taqiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil