Kontent qismiga oʻtish

Gilda Gray

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gilda Gray
Tavalludi 24-oktyabr 1901-yil
Vafoti 22-dekabr 1959-yil
Hollywood, Kaliforniya
Fuqaroligi Avstriya-Vengriya imperiyasi va AQSh
Kasbi Aktrisa, raqossa
Faoliyat yillari 1920-1950

Gilda Gray (24-oktabr 1901-yil, Polsha, 22-dekabr 1959-yil, Kanada) - teatr sahnalarida va 1920-yillardagi filmlarda zamonaviylashgan Shimmy deb nomlangan raqsi orqali tanilgan Amerikada istiqomat qilgan Polyak raqqosa va aktrisa.

Yoshligi va Shimmy raqsi haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gilda Greyning shaxsiy maʻlumotiga koʻra, u 1901-yil 24-oktabr kuni Krakov da (Oʻsha paytlarda Avstriya-Vengriya imperiyasi, Galisiya-Lodomeriya ning bir qismi, hozirgi Polshaga tegishli boʻlgan hudud) tugʻilgan va Gilda Maksymillian va Wanda Michalski tarafidan farzandlikka olingan qiz edi[1]. Biroq, uning tugʻilganligi haqidagi guvohnomaga koʻra Gray 1895-yil 25-oktabrda Rydlewo yaqinida (Znin County, Kuyavian-Pomeranian Voivodeship) tavallud topgan va Maksymillian va Wanda Michalski uning haqiqiy ota-onasi[2]. 1903-yilda aktrisa ota-onasi bilan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtadi[2]. Uning singlisi Josephine 1904-yilda Bayonne (New Jersey)da tugʻilgan[2]. 1907-yilda oila Viskonsin Milvouki shahrida joylashgan Cudahy mahallasiga koʻchib oʻtdi. 14-15 yoshida Gray kamonchi John Gorecki bilan nikoh qurdi. John Siyosatchi, Viskonsin shtati assambleyasi aʻzosi va uyushma rahbari Martin Gorkining oʻgʻli edi. Juftlik farzandli boʻlishadi, keyinchalik 1923-yilda ajrashishdi. Ularning oʻgʻli keyinchalik musiqiy guruh rahbari boʻlib, Martin Gray (1913-1969) nomi ostida kuylar bastalaydi[3][4][5].

Garchi, Shimmy 1919-yilda Nyu-Yorkda Gray tomonidan amerikalik tinglovchilarga taqdim etilgan boʻlsa-da, bu atama bundan oldin keng qoʻllanilib, u allaqachon mashhur raqs turiga aylangan edi. Gray uni oʻzi tanitganligini eʻtirof etdi va u kutilmaganda qaynotasining Cudahy salonidagi raqs kechasi paytida Shimmy raqsiga taklif etildi[6][7].  

Gilda Gray 1921-yil Oktyabr oyida

Gray, Variety jurnalining 1919-yil 8-iyul sonida chop etilgan intervyusida Shimmyning kelib chiqishini Amerikalik hindlarga bogʻlagan. Maqolada, u oʻsha paytda Reisenbergda sherigi Mildred Vernon bilan ishlaganligi haqida qayd etadi. Gray 1919-yilgi Gaietiesni ijro etish uchun hujjat imzolagan edi, u raqsni tasvirlab, shunday deydi: „Nyu-Yorkda asl Shimmy raqsi hech qachon toʻgʻri joriy etilmagan. Men hindistonliklarning raqs xususiyatlarini uzoq vaqt davomida oʻrganganligim uchun bilaman va ular "Shima Shiwa" deb nomlagan raqslari haqida juda maʻsuliyatlidirlar. Raqschilar tomonidan doimiy harakatlar qilingan, har birlari o'zlarining versiyasini „original“ deb eʻlon qilgan. Shimmy raqsining Amerikalik hindlar tomonidan qurilganligi haqida hech qanday shubha yoʻq“[8].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzining gullab-yashnagan karyerasini davom ettirish istagi (u bir qancha vaqt davomida professional ismidan Mary Graydan foydalangan) va eri bilan boʻlgan nizoli munosabatlari uni Chikagoga koʻchib oʻtishga undadi, u yerda uni Nyu-Yorkga olib borgan Frank Westphal ismli isteʻdodli xodim kutib oldi va uni rafiqasi, qoʻshiqchi Sofi Tucker bilan tanishtirdi. U Grayga ismini Gilda deb oʻzgartirish uchun taklif bergan va qoʻllab-quvvatlagan Tucker edi[9]. 1919-yilga kelib, u J.J. Shubertning „The Gaieties of 1919“ nomli shousida ishtirok etdi. 1920-yilga kelib, Gray yangi menejer topdi, u Gaillard T. „Gil“ Boag edi. Keyinchalik u 1922-yilgi Ziegfeld loyihalarida ijro namoyish etish uchun Florenz Ziegfeld tomonidan yollandi va uning Shimmysi milliy rag`batga aylandi[3].

Birinchi eridan ajralgandan soʻng, u 1923-yilda Gil Boag bilan turmush qurdi va oʻzining muvaffaqiyatli vaudeville aktini Kaliforniya shtatining Hollywood shahriga olib oʻtdi, ammo, ular toʻrt yildan keyin ajrashdilar. U film yulduzi bo'lish uchun vaudevilleni tezda tashlab ketdi va 1919- yildan 1936-yilgacha Gray bir nechta filmlarni yaratdi, ularning barchasida u oʻzining mashhur Shimmysini ijro etdi. Uning ikkinchi roli „Girl with the Jazz Heart“dagi ijro etgan kichik roli edi[citation needed].

Paramount Pictures orqali filmlar chiqargan Jesse Lasky bilan shartnoma imzoladi. U bilan birga „Aloma of the South Seas“ (1926) filmini suratga oldi. Paramount ushbu filmining muvaffaqiyati Grayning reklama sifatida Shimmyni bajarishi bilan kuchaydi. 1927-yilda u yana ikkita filmni, „The Devil Dancer“ va „Cabaret“ filmlarini suratga oldi.

1929-yil yanvar oyida u Gil Boaga shafqatsiz munosabatda boʻlganligi sababli ajrashish uchun daʻvo qildi. U oʻz navbatida, uni sayyohlik menejeri C.D. Krepps bilan ishqiy munosabatda ayblagan[10].

Gilda Gray 1928-yilda

1928-yilda u Angliyadagi Piccadilly studiyasiga yulduz boʻlish uchun ketadi, 1929- yilda Arnold Bennett tomonidan Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻshimcha tovush va effektlar bilan yozilgan filmda rol oʻynash uchun bordi[11]. 1929-yil 15-iyul kuni nashr etilgan „New York Times“ nashriyotida tanqidichi Mordaunt Hall uning chiqishini maqtab, shunday deb qoʻshib qoʻydi: „Gray xonim aktrisa sifatida qayta kashf etilgan boʻlib tuyuldi. U uzoq vaqt davomida „Shimmy“ ning namoyishchisi sifatida tanqid qilingan, ammo Piccadillyda u oʻzidan yuqori talant sohibasi yoʻqligini koʻrsatadi. Gray xonim ingliz studialarida oʻzining muhim oʻrni borligini koʻrsatdi“[11].

Aksiya bozoridagi inqiroz[tahrir | manbasini tahrirlash]

1929-yilda aksiya bozori inqirozga yuz tutganida, Gray moliyaviy koʻmaklarining koʻpchiligini yoʻqotdi, ammo, u Nyu-York shahridagi Palace Teatridan raqs boʻyicha ish topishga muvaffaq boʻldi. U Clevelanddagi sahnada ham paydo boʻldi va Waylande Gregoriyning ikkita mashhur keramik haykallari mavzusida ishladi: „The Nautch Dancer“ va „The Burlesque Dancer“[12].

U sahnaga qaytishga harakat qildi, lekin, salomatligi yulduz sifatida oʻz maqomini tiklashiga toʻsqinlik qildi. 1931-yilda u yurak ogʻrigʻi bilan azob chekdi. 1932-yilda Gray qoʻshiqchi Art Jarrett bilan turmush qurishini eʻlon qildi, lekin, nikoh rejalarini bekor qilishdi, 1933-yil 23-may kuni u Venesuelalik diplomat Hector Briceño de Saa bilan nikohdan oʻtdi. Ikki yildan soʻng, 1938-yilda ular ajrashishdi.

Polshalik vatanparvar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushi paytida Gray Polsha uchun pul yigʻish bilan shugʻullandi. 1953-yilda Ralph Edwards „Bu sizning hayotingiz“ tele koʻrsatuvida Grayning hayoti haqida hikoya qildi. U Grayning sovuq urush davrida olti nafar polshalik fuqarolarni Amerikaga olib kelishdagi jasoratini tasvirladi. Gray ularning taʻlimini ham subsidiya qildi. Polsha davlati tomonidan „Oʻz yurtdoshlari va mamlakatiga koʻrsatgan koʻmagi uchun nishoni bilan mukofotlangan.   [citation needed].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-yil 22-dekabrda Hollywooddagi doʻstlarining uyida yurak xastaligidan 58 yoshida vafot etdi[13].

Filmografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cabaret uchun afişha (1927)
Yil Nom Oʻrin Izohlar
1919 Qahramon vampir Kichik rol
1921 Jazz yuragi boʻlgan qiz
1923 Qonuniy talon - taroj Raqschi Yo'qolgan film

Rollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Music Box Revue (1921)
  • Ziegfeld Follies (1922)
  • Devil Dancer Play (1927)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. , Ralph G (2008) Satan in the Dance Hall: Rev. John Roach Straton, Social Dancing, and Morality in 1920s New York City Lanham, Md: Scarecrow Press p 119 ISBN 9780810861466
  2. 2,0 2,1 2,2 Góralczyk, Iwona, Gwiazda Hollywood z... Rydlewa pod Żninem. Oto informacje o Mariannie Michalskiej, znanej jako Gilda Gray, naszemiasto.pl
  3. 3,0 3,1 Giordano, Ralph G. (2008). Satan in the Dance Hall: Rev. John Roach Straton, Social Dancing, and Morality in 1920s New York City. Lanham, Md: Scarecrow Press. p. 119. ISBN 9780810861466ISBN 9780810861466
  4. , Frank, Florence Hackman, and Donald McNeilly (2007)Vaudeville, Old & New: An Encyclopedia of Variety Performers in America.New York: Routledge.p.452.ISBN 0415938538.
  5. Gilda Gray's obituary published in Time magazine said that she was reportedly married at 11 and became a mother at 12. Time magazine obituary
  6. Cullen, Frank, Florence Hackman, and Donald McNeilly (2007). Vaudeville, Old & New: An Encyclopedia of Variety Performers in America. New York: Routledge.p.452. ISBN 0415938538ISBN 0415938538
  7. Anthony (2010). Silent Players: A Biographical and Autobiographical Study of 100 Silent Film Actors and Actresses. University Press of Kentucky. p. 153. ISBN 0813137454
  8. "Vaudeville Volleys", Variety, July 8, 1919, page 1055
  9. Slide, Anthony (2010). Silent Players: A Biographical and Autobiographical Study of 100 Silent Film Actors and Actresses. University Press of Kentucky. p. 153. ISBN 0813137454ISBN 0813137454
  10. "Trial of Gilda Gray's Divorce Suit Due at Waukesha Tomorrow", Chicago Tribune, January 13, 1929
  11. 11,0 11,1 „THE SCREEN; A British Picture. A Film of the Circus. A Melodrama. A Farce. A Molnar Story.“ (en-US). The New York Times (1929-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 30-sentyabr.
  12. Folk, Thomas. Waylande Gregory: Art Deco Ceramics and the Atomic Impulse. Richmond, Virginia: University of Richmond Museums, 2013
  13. „Gilda Gray Dead on Coast at 58; Creator of Shimmy Was Singer“. The New York Times (1959-yil 23-dekabr), s. 27. Qaraldi: 2021-yil 1-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]