Gigroskopik suv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gigroskopik suv - togʻ jinslari zarralarining yuzasini oʻrab turuvchi bir molekulali pardasimon suv. Togʻ jinslari zarralari yuzasida molekulyar va elektr kuchlar yordamida ushlanib turib, bir joydan ikkinchi joyga bugʻ holatda harakat qiladi. Togʻ jinslaridagi miqdori foizlarda ifodalanadi. G.s. gil, soz tuproqlarda yaxshi ushlanib turadi, qum, qumtosh, shagʻal-toshlarda uncha ushlanmaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil