Gigroma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gigroma (gigro... yun. ota — toʻplanish) — boʻgʻim oldi yoki sinovial xaltacha (payni qoplovchi parda)larda suyuqlik toʻplanishi; bunday xaltachalar aksari tirsak va tizza boʻgʻimlari atrofida paylar yepishadigan joyning ustida boʻladi. G. surunkali kechadigan bursit yoki tendovaginit asorati hisoblanib, qoʻl yoki oyoqning doimo urilib yoki ishqalanib turadigan qismlarida paydo boʻladi. G. sharsimon shaklda boʻlib, astasekin kattalasha boradi, baʼzan tovuq tuxumidek keladi. Vaqtida davolanmasa yiringlashi yoki yorilishi mumkin. G.ning soʻrilib ketishiga qaratilgan doridarmonlar va fizioterapevtik muolajalar buyuriladi, bular yordam bermasa, jarrohlik usuli bilan olib tashlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil