Gidroxoriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidroxoriya (gidro... va yun. choreo — tarqalaman) — diasporalar (urugʻ, spora va b.)ning suv orqali tarqalishi. G. tasodifiy yoki doimiy boʻlishi mumkin. Tasodifiy G. diasporalarning suvda oqib borayotgan predmetlar yoki suv oqimi bilan tarqalishidir. Doimiy G. diasporalarning morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlari (suvda ivimaslik, oʻzida havo saklovchi parenxima yoki havoli boʻshliklar boʻlishi) bilan bogʻliq. Doimiy G. dengiz soxdlida oʻsadigan oʻsimliklar (mas, kokos va seyshel palmalari) va chuchuk suv oʻsimliklari (mas, gʻichchak, suvrang) uchun xos. G. turning tarqalishiga, yaʼni yangi arealni egallashiga imkon beradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil