Gidroslyudalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidroslyudalar —qatlam strukturali alyumosilikatlar guruhining slyudasimon minerallari. Tarkibida qoʻshimcha suv va oksoniy (N3O|+) boʻlishi mumkin. G. turli slyudalartit kaolin, montmorillonit, vermikulit va xloritlarga bosqichli oʻtishidagi oraliq mahsulotidir. G.ning eng koʻp tarqalganlari: gidromuskovit (illit), rektorit, glaukonit, gidrobionit. Qizdirilganda G.ning hajmi ancha kengayadi. G.ning aksariyati granit, pegmatit va b. togʻ jinslardagi slyudali minerallarning nurashi va oʻzgarishidan vujudga keladi. Shuningdek, G. alyumosilikatli dengiz choʻkindilarining diagenez natijasida parchalanishidan ham hosil boʻladi. Kamdan-kam G. past haroratli gidrotermal hosilalarida yondosh jinslardagi rudali tomirlarning oʻzgarishidan paydo boʻladi. G. adsorbent, mineral oʻgʻit sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil