Gidrosamolyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrosamolyot (gidro... va samolyot) —suvdan koʻtarilishga, suvga qoʻnishga va suvda suzishga moslangan samolyot. Samolyot shassisiga gʻildiraklar oʻrniga qalqovuchlar oʻrnatiladi yoki korpusi toʻgʻridan-toʻgʻri suvga qoʻnishga moslashadi. Qalqovuchlar yogʻoch yoki metaldsan ichi boʻsh qilib yasaladi. Barcha katta G.lar "uchuvchi qayiq" shaklida metalldan ishlab chiqariladi. Baʼzi G.larda ham gʻildirak, ham qalqovuch boʻladi ("samolyot-amfibiya"). G.dan baliq toʻdalarini qidirish, dengizda halokatga uchragan odamlarni qutqarish, oʻrmondagi yongʻinni oʻchirish va b. maqsadlarda foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil