Gidronefroz
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. (2025-02) |
Gidronefroz (gidro... va yun. nephros —buyrak) —buyrak istisqosi. Buyrak jomi va kosachalarining kengaya borishi natijasida buyrak oʻlchamining kattalashaverishi bilan namoyon boʻladi. Asosan buyrak jomining siydik nayiga oʻtish qismida (piyeloureteral segment) mexanik toʻsiq borligi G.ga sabab boʻladi. Shu sohada tosh turib qolishi yoki oʻsma paydo boʻlishi ham G.ga olib keladi. G. chaqaloqlarda ham, keksalarda ham uchraydi. Bu asosan mexanik toʻsiqning kattakichikligi va toʻsilib qolgan sohaning qanchalik torayganligiga bogʻliq. G.da bolalar baʼzan bezovta boʻlib, qorni yoki kindik atrofi simillab ogʻriydi. Katta yoshdagilarda esa G. bor tarafdagi bel sohasi uvishib, ogʻriydi, vaqt-vaqti bilan ogʻriq kuchayishi ham mumkin. Siydikda leyqotsitlar, baʼzan eritrotsitlar paydo boʻlib, vaqt oʻtgan sari siydik zichligi kamaya boradi. Bemorning qorni paypaslanganida buyrak qoʻlga unnashi mumkin. Kechiktirilgan hollarda esa hatto qorin old devori boʻrtib turadi. Ultratovush tashxisda va ekskretor urogrammada buyrak kosacha-jom sistemasi kengayganligi qayd etiladi. Tashxis qoʻyish kechikkan sari buyrak tobora kattalashaverib, nihoyat suyuqlik bilan toʻla xaltachaga oʻxshab qoladi va oʻz faoliyatini yoʻqotadi. Bu holda jarroxdik usuli bilan buyrak olib tashlanadi.
Klassifikatsiyasi 1)tug'ma yoki orttirilgan 2) to'la yoki qisman 3)bir tomonlama yoki bilateral
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |