Gidromexanizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidromexanizatsiya (gidro... va mexanizatsiya) —er qazish va kon ishlarini mexanizatsiyalash usullaridan biri. Unda texnologik jarayonlar yoki ularning bir qismi suv oqimi energiyasi hisobiga bajariladi. Qurilish va kon ishlarida suv energiyasidan foydalanish mil. av. 1-asrga toʻgʻri keladi. Suvdan dastlab oltin va qoʻrgʻoshin qazib olishda, keyinchalik kanallar, ariq qazishda foydalanganlar. Bora-bora bu ishlar mexanizatsiyalashtirilgan. G.dagi asosiy texnologik jarayonlar: kon jins larini oʻpirish (gidromonitorlar, zemlesoslar suv oqimi, bosimli yoki bosimsiz gidrotransportdan foydalaniladi), tuproqni oqizib uyum (damba, toʻgʻon, koʻtarma va b.) hosil qilish, foydali qazilmalarni boyitish. Bulardan tashqari, G.dan koʻmir qazib olishda, kon jinslarini bir joydan ikkinchi joyga surishda, ariq va zovurlarni tozalashda, suyuq oʻgʻitlarni chiqarib olishda, baliq sanoatida baliqlarni toʻrdan boʻshatishda, ularni baliq zavodlariga tashishda, issiqlik elektr st-yalarida kul, shlaklarni tashish va b.da foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil