Gidrolokator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrolokator (gidro... va lot. loco —joylashtiraman) —suv ostidagi obʼyektlarning vaziyatini tovush signallari yordamida aniqlaydigan gidroakustik stansiya (asbob). G. yordamida suv ostidagi obʼyekt (mas, choʻkkan kema)gacha boʻlgan masofa, qiya uzoqlik boʻyicha suvga botish chuqurligi, vertikal tekislik boʻyicha obʼyekt tomonga yoʻnalish burchagi aniqlanadi. G.ning ishlash tarzi quyidagicha: generator ishlab chiqaradigan elektr kuchlanishlar impulsi "qabul qilish —uzatish" uzibulagichi orqali elektrakustik vibratorga boradi. Vibrator akustik impulslarni muayyan burchak ostida yoki hamma yoʻnalishlarda suvga tarqatadi. Obʼyektga tegib qaytgan impulsli signallar maxsus asboblar (rekorder, radiokarnay, telefon, elektronnurli trubka) da qayd qilinadi va ishlov beriladi hamda tegishli koʻrsatkichlar aniqlanadi.

G. obʼyektni qidirish usuliga koʻra, odimli qidirish, sektorli qidirish va doiraviy kuzatuv xillariga boʻlinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil