Kontent qismiga oʻtish

Gidrologik kuzatuv manzili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrologik kuzatuv manzili —suv manbalari (daryo, koʻl, kanal, suv omborlari va b.)ning holati va tartiboti muntazam kuzatib boriladigan maxsus joy. U suv balandligi va haroratini oʻlchash, qishki tartibot (muz qalinligi, muz ustidagi qorning balandligi)ni kuzatish, suvning toʻlqinlanishi, tiniqpigi va muallaq zarrachalar tarkibi, uning qiyaligi, suv sarfini aniqlash uchun namuna olish, suvdagi oʻsimliklarni kuzatish, gidrologik tartibot va yogʻin toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash, yogʻin va qor qoplami ustida meteorologik kuzatishlar olib borish va b. vazifalarni bajaradi. Shuningdek, muz hosil boʻlishi va yogʻinni kuzatadi. Kuzatishlar gidrometeorologik stansiya va kuzatuv manzillari uchun tayyorlangan qoʻllanma asosida yagona usul hamda bir xil asboblar yordamida olib boriladi.

G.k.m.dan olingan maʼlumotlar qishloq va suv xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega boʻlgan gidrologik bashorat uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

G.k.m.lar ishini viloyat gidrologik boshqarmalari va Boshgidromet nazorat qilib boradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil