Gidrologik hisoblashlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrologik hisoblashlar - muhandislik yoki amaliy gidrologiyaning boʻlimlaridan biri. Alohida fan sifatida 19-asrning 2-yarmida shakllana boshlagan. G.h.ning vazifasi daryolar suv rejimining turli miqdoriy koʻrsatkichlari (suv sathi, suv sarfi, oqim moduli, oqim qalinligi, oqim koeffitsiyenti va b.)ning qiymatlarini hisoblash va aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat. G. h.da turli hisoblash usullari qoʻllaniladi. Bunda matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, haritagrafiya fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Kam yoki umuman oʻrganilmagan daryolarning oqim meʼyori (normasi), bahorgiyozgi toʻlinsuv hamda kuzgi-qishki kam suvli davrlardagi oqim miqdorlari, oqimning yil davomida taqsimlanishi, uning eng katta va eng kichik qiymatlari, loyqa oqiziqlari koʻrsatkichlari, t-ra rejimi, gidrokimyoviy koʻrsatkichlari va b. aniqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil