Gidrologik bashorat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrologik bashorat - daryo, koʻl yoki suv omborida yuz beradigan jarayonlar (muzlash, erish, toshish, suv sarfi va b.)ning borishini ilmiy tarzda oldindan aniqlash. Bashorat qilinadigan jarayonlarning xiliga qarab, G. b. suvga doir taxmin yoki muzga doir taxminga boʻlinadi. Suvga doir taxminga mavsumiy oqim hajmi, toshqin yuz bergandagi oqim hajmi, suv toʻlib oqqan va suv toshqini paytlaridagi eng yuqori suv hajmi, turli davr (kun, oy, yil) uchun oʻrtacha suv sarfi, toʻlib oqadigan payt qachon yuz berishi va b.ni oldindan aytish kiradi. Muzga doir taxminlar dare, koʻl yoki suv omborining muzlashi va erishi, muz qalinligi va b.ni oldindan aytishni oʻz ichiga oladi. G. b. qisqa muddatli (15 kun) va uzok, muddatli (bir necha oy) boʻlishi mumkin.

G. b.ga qarab qishloq va suv xoʻjaligi, energetika tashkilotlari suvdan foydalanish, energiya ishlab chiqish, suv omborlaridan foydalanish, suv kam yillari undan oqilona foydalanish, suv koʻp yillari aksincha inshootlarni, dalalarni, aholini seldan himoya etish rejalari tuzadilar. G. b. tuzishda daryolarda kutilayotgan hodisalar va dare havzasidagi gidrometeorologik sharoitlar orasidagi bogʻliqlikdan foydalaniladi. Buning uchun gidrometeorologiya tarmoqlari tashkil etilib, ularda qorning balandligi, yogʻinning miqdori, muzdan erigan suv miqdori, havo harorati va b. (borish qiyii boʻlgan togʻli hududlarda qorning qalinligi samolyotdagi maxsus asboblar b-n) oʻlchanadi. Olingan maʼlumotlar radio orqali markaziy gidrologik bashorat xizmatiga kelib tushadi, qayta ishlanadi va turli bashoratlar tuziladi. Agar hisoblangan va amaldagi maʼlumot orasidagi farq 0,67o dan oshiq boʻlmasa (a —meʼyordan oʻrtacha kvadratik tebranish) G. b. toʻgʻri deb hisoblanadi.

Oʻzbekiston daryolarida sugʻorish va energetika uchun zarur gidrotexnika inshootlari qurilgan boʻlib, ular ve-getatsion davr (apr.—sent.) uchun oʻrtacha va maksimal suv sarfi bashorati, novegetatsion davr (okt.—mart) uchun oʻrtacha suv sarfi oʻn kunlik va kundalik, chorak, oylik taxminlar, suv sathini keskin oshishi yoki kamayishi va nihoyat, sel kelishi taxminlari bilan taʼminlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil