Gidroksilamin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidroksilamin, NH2OH -rangsiz kristallar. Mol. m. 33,0298, rombik panjarali, 32"da eriydi, zichligi 1335 kg/m3 (10° da). G. issiqlik taʼsiriga chidamsiz, gigroskopik modda, qizdirilganda (100° dan yu kori da) portlashi mumkin. Parchalanganda ammiak, azot va suv hosil qiladi. Suv, metanol va etanol bilan turli nisbatda aralashadi, lekin efir va benzoldya erimaydi. G. kislotali muhitdagi suvli eritmada barqaror boʻlib, kimyoviy reaksiyalarga oksidlovchi sifatida ham, qaytaruvchi sifatida ham kirisha oladi. Mas, temirni uch valentli birikmalaridan ikki valentli, misni ikki valentli birikmalaridan bir valentli va plutoniyni toʻrt valentli birikmalaridan uch valentli birikmalarigacha qaytara oladi. Havo kislorodi G.ni sekin NO2 va N2O2 ga oksidlaydi.

Suyuq holdagi G. faol oksidlovchilar bilan alangalanib shiddatli, brom, kaliy xromat, kumush nitrat va b. bilan sust reaksiya ga kirishadi. G. tarkibidagi azot va kislorod atomlarida boʻlinmagan elektron juftlari borligi sababli mustahkam (barqaror) komplekslar hosil qiladi. Uning platina va nikel bilan hosil qilgan komplekslari 100° ga chidamli kam gigroskopik moddalardir.

G. kuchli kislotalar bilan gidroksil-ammoniy kationi tutuvchi tuzlar hosil qiladi, bulardan xlorid NH,OHC1, sulfat (NH3OH)2SO4 va perxlorat NH3OHC1O4 lar ahamiyatlidir. G. molekulasidagi vodorod atomlari turli anorganik va organik krldiqlarga almashtirilishi mumkin. Natijada gidroksilaminsulfonatlar, giponitritlar, giponitratlar olish mumkin boʻladi. Sanoatda G. platina katalizatori ishtirokida NO ni vodorod bilan qaytarib yoki nitrat kislotani palladiy ishtirokida gidrirlab olinadi. G. va uning tuzlari oksimlar, gidroksim kislotalari va baʼzi b. moddalarni sintez qilishda qoʻllaniladi. G. sulfati rangli fotova kinotasmada ochiltirgich (proyavitel) sifatida ishlatiladi. G. perxlorati esa raketa qattiq yoqilgʻisi uchun oksidlovchidir. G. va uning tuzlari zaharli.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil