Kontent qismiga oʻtish

Gidroglauberit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gidroglauberit - mineral; natriy va kalsiyning suvli sulfati. Kimyoviy formulasi Na10Ca3(SO,)g 6N2O. Rangi oq, ipaksimon yaltiraydi, suvda erib ketadi. G. tolasimon, ignasimon, baʼzan oʻrgimchak iniga oʻxshash shakllarda uchraydi. Zichligi 1,5. G. tuz konlaridagi neogen, toʻrtlamchi davr yotqiziqlari gil, alevrolitlarda glauberit, gips, astraxonit va tenardit bilan birgalikda uchraydi. G. dunyoda birinchi marta Qoraqalpogʻistondagi Qushqanatov konida topilgan. Koraumbet va Borsakelmasning tuzli koʻllari yotqiziqlarida ham uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil