Gidrogeologik kesim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gidrogeologik kesim, gidrogeologik profil — yerning maʼlum qismidagi, maʼlum yoʻnalishidagi suvli gorizontlar va suv oʻtkazmaydigan qatlamlarning vertikal tuzilgan grafik tasviri. G. k. burga quduqlari qazish natijasida olingan maʼlumotlarga asoslanib tuziladi. G. k.da yer osti suvlari sathining yer ustiga nisbatan holati, suvli qatlamlardagi suvning harakat yoʻnalishi va qatlamlarni tashkil etgan togʻ jinsining geologik yoshi koʻrsatiladi. Odatda, G. k. geologik kesim bilan birgalikda suv bosgan shaxta va karyerlarda konchilik ishlari rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil