Gidridlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidridlar— kimyoviy elementlarning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari. Tuzsimon, metallsimon, uchuvchan G.ga boʻlinadi.

Tuzsimon G.ga ishqoriy va ishqoriyer metallarning G.i kiradi. Bu G.da bogʻlanish ionli boʻlib, vodorod atomi manfiy zaryadlanadi. Tuzsimon G. oq kristall modda, yuqori temperaturada vodorod ajratib suyuqlanadi. Bunday G.ni olish uchun metallar yuqori temperaturada vodorod atmosferasida qizdiriladi. Kuchli qaytaruvchi (mas, metallarni oksidlaridan yoki galogenidlaridan qaytarish, poʻlat va qiyin suyuqdanuvchan metallar yuzasidagi qurumni yoʻqotishda) va istiqbolli raketa yonilgʻisi sifatida qoʻllaniladi.

Metallsimon G. kimyoviy bogʻlanishi jihatdan metallarga yakin boʻlib, metallarning kristall panjarasida vodorod atomlarining joylanishi natijasida hosil boʻladi. Metallsimon G. — xrom, marganes, temir, mis va platina guruhidagi metallarning G.i tegishli metallarni yuqori temperaturada vodorod atmosferasida qizdirish yoʻli bilan olinadi.

Uchuvchan G. — davriy sistemaning IV, V, VI va VII guruhlari bosh guruhlaridagi elementlarning gidridlarida kimyoviy bogʻ qutbli yoki kovalent boʻladi. Ularga SiH4, SnH4, PH3, AsH3, SbH3, H2S, H2Se, H2Te va quyi borvodorodlar kiradi. Shu guruxdardagi ogʻir zlementlarning gidridlari beqaror. G. organik moddalarni sintez qilishda, kuchli qaytaruvchi sifatida qoʻllaniladi. Texnikada yuqori vakuum ostida vodorod biriktirish uchun ishlatiladi (mas, kizdirilgan metallarga suv bugʻi taʼsir ettirish usuli). G. oʻzgaruvchan valentli metallarning turli kimyoviy reaksiyalarida katalizatorlik vazifasini oʻtaydi. G.ning termik parchalanishi natijasida baʼzi elementlar (mas, kremniy, germaniy) sof holda olinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil