Gidrazobirikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrazobirikmalar - gidrazin molekulasida organik qoldiqlar saqlovchi birikmalar; G. bir oʻrin almashgan, simmetrik va nosimmetrik, dioʻrin almashgan, uch- va tetra urin almashgan birikmalarga boʻlinadi. Alifatik (alkilgidrazinlar), aromatik (arilgidrazinlar) yoki geterotsiklik guruhpar qoldiklari sifatida boʻlishi mumkin. Gidrazid xilidagi oʻrin almashgan birikmalar mono-, atsil- va di- oʻrin almashgan birikmalardan tashkil topadi. G.ga gidrazon va azinlar ham kiradi.

Quyi alkilgidrazinlar gigroskopik, havoda tutovchi birmuncha agressiv (teri, kauchuk va shishani yemiradi) xususiyatga ega boʻlgan oʻziga xos hidli suyuqliklardir. Ular spirt, suv va efirda eriganda kup miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Mono- va dial-kilgidrazinlar oʻz xossalari jihatidan gidrazinga oʻxshash asoslardir. Gidrazinning organik oʻrin almashgan birikmalari kuchli qaytaruvchilar boʻlib, atmosfera kislorodi xona haroratida ularni asta-sekin oksidlaydi. Yuzasi keng boʻlgan joyda esa ular oʻzoʻzidan alangalanib ketishi mumkin.

Gidrazidlar nitrit kislota bilan birikib azidlar hosil qiladi, ulardan esa Kursius reaksiyasidan foydalangan holda aminlar hosil qilish mumkin; bu reaksiyalarning ketma-ketligi karbon kislotalardan aminlar olishning qulay usulidir. Arilgidrazinlar birmuncha faol moddalar boʻlib, qayta gidrazinlanish reaksiyalariga kirisha oladi. Kislotali muhitda Fisher reaksiyasi orqali qayta guruxlanib indol hosilalarini hosil qiladi.

Nosimmetrik dialkil- va diaril-gidrazinlar sanoatda platina yoki nikel katalizatori ishtirokida nitro-zaminlarni gidrirlash usulidan foydalanib olinadi.

Gidrazinning organik oʻrin almashgan birikmalari doridarmonlar, boʻyoqlar, sunʼiy oqartiruvchilar, polimerlanish va gʻovak hosil boʻlish jarayonlarini tezlashtiruvchi moddalar sifatida qoʻllaniladi. Benzol va toluolsulfokislotalar gidrazidlari, 1,3,5-trigidrazinosim-triazin, 2,2-azobis-izobutironitril, nosimmetrik dimetilgidrazinlar muhim raketa yoqilgʻilaridan hisoblanadi.

Qudrat Axmerov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil