Gidravlik zulfin
Qiyofa
Gidravlik zulfin - gidrotexnika inshooti (toʻgʻon, shlyuz va b.) orqali oʻtadigan suv sarfini koʻpaytiribozaytirib turadigan, suv sathini zarur balandlikda saqlaydigan qurilma. Qayerda joylashganligiga qarab, G. z. sirtqi (suv sathida) va chuqur (suv sathidan pastga) joylashgan; vazifasiga qarab, asosiy (ish zulfini), taʼmirlash, falokat (avariya), qurilish va ehtiyot G. zlariga boʻlinadi. G. z. temir, taxta va temir-betondan quriladi. G. z.lar qoʻlda, mexanik tarzda va elektr mexanizmlar yordamida koʻtarib-tushiriladi. Sugʻorish shoxobchalarida suv sathi va sarfini rostlab turish uchun bir necha xil avtomat G. z.lardan foydalaniladi
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |