Gidravlik dvigatel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidravlik dvigatel - suyuqlikning mexanik energiyasini yetakchi zveno (val, shtok)ning mexanik energiyasiga aylantiruvchi mashina. Ishlash tarziga kura dinamik (gidravlik turbina, suv gʻildiragi) va hajmiy (gidrotsilindr) xillari bor. Dinamik G. d.da yetaklanuvchi zveno suyuqlik oqimining harakat miqdori momenti oʻzgarishi hisobiga siljiydi va faqat aylanma harakat qiladi. Hajmiy G. d.da uning ish organi suyuklikning gidrostatik bosimidan harakatlanadi; uning yetaklanuvchi zvenosi chegaralangan ilgarilanma-kaytma yoki ilgarilanma-burilma harakat ham (gidrotsilindrlarda), chegaralanmagan aylanma harakat ham (gidromonitorlarda) kilishi mumkin. G. d. ish qismining tuzilishiga koʻra porshenli va rotorli turlarga boʻlinadi. Porshenli G. d.da ish kamerasi qoʻzgʻalmas boʻlib, siqib chiqaruvchi qismi ilgarilanma-qaytma harakat qiladi; rotorli G. d.da ish kamerasi siljiydi, siqib chiqaruvchi qismi harakat qiladi. G. d.ning aksial rotorporshenli turi keng tarqalgan. Hajmiy G. d. mashinalarning gidravlik yuritmalarida qoʻllaniladi. Ish suyuqpigining bosimi 35 Mn/m2 (350 kg kuch/sm2). Quvvati 3000 kVt boʻlgan gidromonitorlar ishlab chiqariladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil