Gibbonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gibbonlar (Hylobatidae) — kichik odamsimon maymunlar oilasi. Oldingi oyoqlari haddan tashqari uzun (yoyilganida 2 m gacha). Dumi yoʻq, kichkina quymich qadogʻi bor. 2 urugʻi: asl G. (Hylobates)ra 6 tur, nisbatan yirik siamang yoki yopishgan barmoqlilar (Symphalangus)ra 1 tur (S. Syndactylus) kiradi. Asl G. erkagi tanasining uz. 40— 64 sm, vazni 4—8 kg, siamanglarniki — 47—60 sm, vazni 9,5—12,5 kg (20 kg gacha). Jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlanmagan. Yungi qalin, rangi har xil: kulrang yoki sargʻish-qoʻngʻir tusdan qora ranggacha (sidirgʻa tusli G. va siamangda). Asl G.— Janubiy Xitoy, Hindixitoy, Sumatra, Yava, Kalimantan o.larida; siamang esa Sumatra o. va Malakka ya. o.da tarqalgan. G. juft yoki 6 tadan, baʼ-zan 20—30 tadan boʻlib daraxtlarda yashaydi, juda yengil va tez harakat qiladi. Turlari va jinsiga qarab, gibbonlarning mo'yna rangi to'q jigarrangdan och jigarranggacha va qora va oq rang o'rtasidagi ranglar bilan farq qiladi, garchi butunlay "oq" gibbon kamdan-kam uchraydi. Oʻsimliklarning mevasi, barglari, kurtaklari, gullari, hasharotlar, qushlarning tuxumi, joʻjalari bilan oziqlanadi. Uya qurmaydi, shoxlardagi qalin. barglar ustida uxlaydi. Ovozi, ayniqsa katta boʻgʻiz xaltalariga ega boʻlgan qora G. va siamangda juda baland. Boʻgʻozlik dari 210—235 kun. 5— 10 yoshida jinsiy voyaga yetadi, 30—35 yil yashaydi. Qalpoqchali gibbon (N. pileatus), bir xil tusli gibbon (N. concolor), kloss gibbon (N. Klossii) Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.


Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil