Kontent qismiga oʻtish

Geya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geya — yunon mifologiyasida Yer xudosi. Olimp xudolaridan ilgarigi eng qad. maʼbuda. Oʻz-oʻzidan osmon (Uran), dengiz (Pont) va togʻlarni yaratgan. Uranni er qilib olgan. Oʻlardan xudolarning birinchi avlodi — 6 erkak titan va 6 ayol titan tugʻilgan, ularning orasida Zevsning ota va onasi — Kronos va Reya ham boʻlgan. G. Olimp xudolarining hayotida faol ishtirok etmasa ham, ularga dono maslahatlar berib turgan. Vakt utishi bilan G. takdir hukmini biladigan qad. donishmandlik homiysi sifatida eʼzozlangan, shu sababli uni Femida bilan tenglashtirishgan. G. obrazi qisman Demetra va Kibelaaa gavdalangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil