Gevherhan Sulton (Ahmed I ning qizi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gavharxon sulton
Gevherxan sultan
Tavalludi 1608-yil
Vafoti 1660-yil
Istanbul, Usmonli imperiyasi
Bolalari Safiyaxon sulton
Otasi Sulton Ahmed I
Onasi Ko'sem sulton

Gavharxon Sulton (turkcha: Gevherhan sultan), Gavhar sulton nomi bilan ham tanilgan (turkcha: Gevher sultan) va Guverxon sulton (tur turkcha: Goʻverhan sultan; 1608, Istanbul — 1660 oʻsha yerda) — Usmonli sultoni Ahmad I va baʼzi ehtimollarga koʻra, Koʻsem Sultonning uchinchi qizi[1].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gavharxon Sulton 1608-yilda Istanbulda, Toʻpqopi saroyida tugʻilgan. 1612-yil 13-iyunda Gavharxon 1620-yilda vafot etgan Sadr vazir Okuz Mehmed poshoga turmushga chiqdi. 1623-yilda Koʻsem Sultonning iltimosiga koʻra, Gavharxon admiral Topal Rajab Poshoga turmushga chiqadi[2]. Undan 1630-yil avgustida Safiya ismli qiz tugʻadi. Rajab posho 1632-yil 18-mayda qatl etilgan. 1643-yilda Gavharxon 1656-yil 25-aprelda vafot etgan vazir Siyovush poshoga turmushga chiqadi. Gavharxon boshqa turmushga chiqmadi. U 1660-yilda vafot etdi va Istanbuldagi Sultonahmet masjidida otasining turbasiga dafn qilindi. Avliya Chalabiy Siyovush Poshoning xotini Gavxarxon emas, balki Gavxarxon va Rajab Poshoning Halima Sulton ismli qizi ekanligini daʼvo qiladi[3].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Süreyya Mehmed Bey. Sicill-i Osmani (turkcha). Istanbul: Tarih Vakfi Yurt Yayınlar, 1996 — 15 bet. ISBN 975-333-049-5, 975-333-038-3. 14-iyul 2022-yilda qaraldi. 
  2. Peirce; Leslie P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire (inglizcha). Oxford: Oxford University Press, 1993 — 374 bet. ISBN 0195086775, 9780195086775. 14-iyul 2022-yilda qaraldi. 
  3. Sakaoğlu; Necdet. Bu mülkün kadın sultanları (turkcha). Oğlak Yayıncılık, 2008 — 574 bet. 14-iyul 2022-yilda qaraldi.