Kontent qismiga oʻtish

Getinaks

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Getinaks — sintetik smolalar shimdirilgan qogʻoz qatlamlarini presslab olinadigan material. Bogʻlovchi moddalar sifatida koʻproq fenol-formaldegiddan, kamdan-kam melamin-formaldegid, epoksid-fenolanilin-formaldegid smolalardan foydalaniladi. G. tarkibida smola miqdori 40—55% boʻladi. Baʼzan G. sirtiga zarqogʻoz, gazlama, shisha yoki asbest toʻqimalar qoplanadi. G.ning mustahkamlik, elektr izolyatsiya xossalari yuqori. Listlar va silindrik zagotovkalar koʻrinishida ishlab chiqariladi. Transformator, telefon, radioapparatura bosma sxemalarini detallari, vtulkalar, tishli gʻildiraklar i.ch. va bezak materiallar sifatida ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil