Geterozigotalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geterozigotalik (yun. getero... va zigota) — genotipa muayyan genning turlicha allellariga ega boʻlgan organizmlar holati. Geterozigotatl organizmlar genning har xil — A yoki a allellariga ega boʻlgan gametalarning qoʻshilishidan hamda gomozigotali (qarang Gomozigotalik) organizmlar genotipidagi bir dominant (A-"a) yoki resessiv gen (a—>A) mutatsiyasi natijasida hosil boʻlishi mumkin. Mas, gʻoʻzaning hosil (simpodiya) shoxlari tipi boʻyicha alternativ (keskin farqlanuvchi) belgili (cheklanmagan — SS va cheklangan shoxli — ss) liniyalari chatishtirilganda Ss genotipli (monogeterozigota) gʻoʻza hosil boʻladi. Shu gen boʻyicha monogeterozigotalik S—"s yoki s—>S koʻrinishida vujudga keluvchi mutatsiya natijasida ham yuz berishi mumkin. Organizmlar mono-, di- va poligete-rozigotali boʻladi. Bir juft allelli organizmlar (Aa) monogeterozigotali, ikki juftligi (Aa, Vv) digeterozigotali, uch juftligi esa (Aa, Vv, Ss) — trigeterozigotali va uch juftdan oshiq allellari boʻlsa — poligeterozigotali deb ataladi. Maʼlum bir genning oʻz alleli ustidan dominantligi toʻliq boʻlmasa fenotip boʻyicha organizmning geterozigota ekanligini aniqlash oson, chunki genotipning geterozigota (Aa) holatida fenotipda nazarda tutilgan belgining oraliq shaklda namoyon boʻlishi kuzatiladi. Bunday signal (darak beruvchi) belgilar eksperimental mutagenez boʻyicha tadqiqotlarda mutatsiyalarning birinchi avlod (M,)da yuz berishini hisobga olishda muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Gʻoʻzadagi barg plastinkasining shakli, oʻsimlik va tola ranglari va b. shunday belgilar hisoblanadi. Organizmdagi G. koʻp hollarda geterozista olib keladi.

Abdurafi Ashatov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil