Geterotallizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geterotallizm (getero... va yun. thallos — shoxcha, novda, bachki) — vegetativ va generativ organlarining tashqi tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qilmaydigan baʼzi suvoʻtlar va zamburugʻlarda uchraydigan ayrim jinslilik. G. birinchi marta (1904) mukor zamburugʻlarda aniqlangan. Jinsiy organlarining tuzilishi jihatdan keskin farq qiladigan ayrim har xil jinsli oomitsetlar va zamburugʻlar ham G.ga misol boʻla oladi. Zamburugʻlarda uchraydigan ikki jinslilik esa gomotallizm deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil