Geterofoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geterofoniya (getero... va yun. phone — tovush) — musiqa asari tarkibidagi ovozlarning oʻzaro nisbatlari (musiqiy faktura)ga tegishli tushuncha, koʻp ovozlilik turi. G. biron kuyni badiha usulida bir nechta ovoz (cholgʻu) vositasida ijro etilishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda kuy ohangdosh ovozlarda ritmik, intonatsion kabi oʻzgarishlar bilan bayon etiladi. G. ogʻzaki anʼanadagi musiqaga, xususan oʻzbek anʼanaviy musiqa ijrochiligiga xos (mas, dutor yoki tanbur joʻrligida ashula aytish va h.k.), bastakorlik va kompozitorlik ijodida ham qoʻllanilmoqda. Yana q. Unison.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil