Geterofilliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geterofilliya (getero... va yun. phyllon — barg) — bitta oʻsimliqda yoki uning bitta shoxida har xil shakldagi barglar boʻlishi. G. ayniqsa suvda oʻsuvchi oʻsimliklarda yaxshi rivojlangan boʻlib, suv osti barglari suvdan tashqarida joylashgan barglaridan keskin farq qiladi. Suv oʻsimliklari uchun G. moslanish xususiyatiga ega, chunki kuchli qirqilgan suv osti barglari suvda erigan uglerod oksidni yaxshi oʻzlashtiradi. G. quruqpikda oʻsuvchi oʻsimlik (tut, ayrim evkalipt)larda ham uchraydi. G. barglar yoshi yoki funksiyasiga bogʻliq boʻlishi mumkin. Masalan, tutning ancha eski barglari keng oval yoki tuxumsimon shaklda, hosil bermaydigan yosh novdalaridagi barglari esa kuchli qirqilgan boʻladi. Tropik epifit qirqquloq platitserium dastlab kosasimon barglar hosil qiladi. Bu barglar ichida qirqquloqning havo ildizlari joylashadi. Keyinroq hosil boʻlgan barglar uzun boʻlib, assimilyatsiya funksiyasini bajaradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil