Ges kaskadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ges kaskadi — bitta daryo yoki suv havzasiga pogʻonali tarzda qurilgan va umumiy suv xoʻjaligi rejimi bilan bogʻlangan gidroelektr stansiyalar majmui. GES k. daryoning energetik resurslaridan toʻlaroq foydalanishga, GES quvvatini oshirishga, manyovrchanlik sharoitini yaxshilashga imkon beradi. GES k. qurilishi katta daryolarda transport qarakatini ham yaxshilaydi. Mas, VolgaKama (Rossiya) va Dnepr (Ukraina) GES k. Kaspiy, Azov, Qora, Baltika va Oq dengizlarida yagona transport tizimini birlashtiradi. Hozir Oʻzbekistonda umumiy quvvati 1,4 MVt boʻlgan Toshkent, Chirchiq, Boʻzsuv, Samarqand, Shaxrixon va b. GES k. ishlab turibdi (2001) (yana qarang Gidroelektr stansiya, Gidroenergetika).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil