Gerullar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gerullar, erullar (lot. Heruli, Eruli) —dastlab Shimoliy Yevropada yashagan german kabilasi. 3-asrda G. (danlar siquvi natijasida) jan.ga qarab siljishgan. Sh ar qi y G. gotlar bilan birgalikda Rim imperiyasi hududiga bostirib kirishda qatnashgan, keyinchalik gunnlar tomonidan boʻysundirilgan. Gunn qabilalar birlashmasi parchalanib ketgach, taxminan 500 yilda G. Dunayda oʻz "podshohlik"larini tuzishgan, ular 6-asr boshida langobardlar tomonidan tor-mor qilingan. Gʻarbiy G. (286 yil Galliyada qayd etilgan) 6-asr boshida franklar tomonidan tobe etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil