Gerold

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gerold (nem. Herold, oʻrta asrlardagi lot. heralduxaaH) —oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropadagi xabarchi (jarchi), qirol va yirik mulkdorlar xonadonida marosimlarni boshqaruvchi, tantana, ritsarlar kurashi va b. mutasaddisi (boshqaruvchisi). Sharq mamlakatlarida, xususan Oʻrta Osiyo xonliklarida taxminan jarchi, eshik ogʻaboshi mansablariga toʻgʻri keladi. G., shuningdek gerb va shajaralar tuzish bilan ham shugʻullangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil