Germetiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Germetiklar —polimerlar yoki oligomerlar asosida hosil qilinadigan germetizatsiyalovchi tarkiblar. Boltli, parchin mixli va b. birikmalarning tirqishlari va choklarini zich berkitish maqsadida surkaladigan pastasimon yopishqoq moddalar. G. yuqori darajada elastik, mustahkam, issiq va sovuqqa, namga, ionlashtiruvchi nurga chidamli, baʼzi hollarda izolyatsion xossalarga ega boʻlishi kerak. G. olishda kauchuklar (asosan polisulfid yoki kremniyorganik suyuq kauchuklar, butadiyen, uretan, butadiyennitril kauchuklar, ftorkauchuklar, butilkauchuk, poliizobutilen) va sintetik smolalar, mas, fenolformaldegid, epoksid smolalar asosiy xom ashyo hisoblanadi. Aviasozlik, kemasozlik, kimyo va radioelektronika sanoati, qurilishlarda qoʻllaniladi. Tish protezlash texnikasi va kriminalistikada ham ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil