Germaniyaning Ozodlik kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ozodlik kuni (nemischa: Tag der Befreiung) 8-may kuni Germaniyada nishonlanadigan xotira kuni. Vermaxtning soʻzsiz taslim boʻlganligi hamda 1945-yil 8-mayda Yevropada Ikkinchi jahon urushi tugaganligi munosabati bilan bayram qilinadi. 1950-1966-yillarda va 1985-yilda GDRda bu kun davlat bayrami sifatida nishonlangan.

Germaniya Federativ Respublikasida 8-may bayram hisoblanmaydi. Biroq, yubiley yillarida xotira tadbirlari oʻtkaziladi. Agar ilk vaqtlarda Germaniya magʻlubiyati nishonlangan boʻlsa, 1985-yildan boshlab asosiy eʼtibor Germaniyani nasional-sotsializmdan ozod qilishga qaratila boshlandi. 8-may sanasi Meklenburg-Vorpommern (2002-yildan)[1] va Brandenburg (2015-yildan)[2]. federal yerlarida rasman xotira kuni hisoblanadi.

Germaniya Demokratik Respublikasida 8-may „Nemis xalqining Gitler fashizmidan ozod boʻlgan kuni“ sifatida nishonlanib kelindi (nemischa: Tag der Befreiung des deutschen Volkes vom Hitlerfaschismus). U 1950-yildan 1966-yilgacha davlat bayrami sifatida belgilangan va dam olish kuni edi[3]. 1967-yilda ushbu bayram boshqa qator bayramlar bilan birga dam olish kuni hisoblanmaydigan boʻldi. Shunga qaramay har yili xotira tadbirlari oʻtkaziladigan xotira kuni boʻlib qoldi. 1975-yilda Ikkinchi jahon urushi tugaganining 30 yilligi munosabati bilan GDRda sovetlarga uygʻun ravishda 9-may kuni Gʻalaba kuni nishonlandi va oʻsha kun dam olish kuni deb eʼlon qilindi. 1985-yilda 40 yillik munosabati bilan 8-may bayram va dam olish kuni deb eʼlon qilindi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gesetz über Sonn- und Feiertage vom 8. März 2002(olm.)
  2. „Brandenburg hat einen neuen Gedenktag“ (de). MAZ (2015-yil 30-aprel). 2020-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 30-may.
  3. „8. Mai 1945“ (de). Bundeszentrale für politische Bildung. Qaraldi: 2015-yil 30-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]