Germaniya — Saudiya Arabistoni munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Germaniya va Saudiya Arabistoni davlatlarining xaritada joylashuvi. Yashil rangda Germaniya, sariq rangda Saudiya Arabistoni koʻrsatilgan.

Germaniya — Saudiya Arabistoni munosabatlari Germaniya va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi xalqaro munosabatlarga ishora qiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistoni va Germaniya oʻrtasidagi munosabatlar 1929-yilda Veymar Respublikasi va Hijoz va Nejd qirolligi oʻrtasida shartnoma imzolanishi bilan shakllangan[1]. Germaniya Federativ Respublikasi va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlar 1954-yilda oʻrnatilgan[1].

Bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidlarni moliyalashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniyadagi Qirol Fahd akademiyasi qurilishi Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtirilgan.

Saudiya Arabistoni Germaniyada bir nechta masjidlarning qurilishi va taʼmirlanishini moliyalashtiradi[2]. Bir qancha siyosatchilar Saudiya Arabistoni tomonidan moliyalashtirilayotgan masjidlar islom ekstremizmi uchun asos boʻlayotganidan xavotir bildirishgan[3].

Qurol eksporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya 2017-yilning uchinchi moliyaviy choragida 450 million yevro eksport hajmi bilan Saudiya Arabistoniga qurol eksport qiluvchi yetakchi mamlakatlardan biri boʻlgan[4]. 2018-yilda Jamol Qoshiqchi oʻldirilishi ortidan Germaniya Saudiya Arabistoniga qurol eksportini toʻxtatdi, bu esa munosabatlarni keskinlashtirdi[5][6][7].

Diaspora[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistonidagi nemis diasporasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saudiya Arabistonida nemislarning kichik bir jamoasi ishlaydi, chunki qirollikda bir qator nemis kompaniyalari mavjud[8]. Nemis xalqaro maktabi Jidda va Germaniya xalqaro maktabi Riyod diplomatlar farzandlarining, shuningdek, diasporaning taʼlim ehtiyojlarini toʻliq qondiradi.

Germaniyadagi Saudiya diasporasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniyada kichik Saudiya diasporasi mavjud boʻlib, unga patriarxiya qonunlari tufayli qirollikdan qochib ketgan qochqin ayollar kiradi[9].

Madaniy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil 2-aprelda ikki davlat oʻrtasida ikki tomonlama madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi va bu oʻzaro madaniy almashinuvning boshlanishi edi. Germaniya elchixonasi va Bosh konsulligi madaniy tadbirlar hamda maʼruzalar tashkil qiladi, nemis musiqalari va filmlarini taqdim etadi. Biroq, madaniy sohadagi diniy sabablarga koʻra taqiqlar Saudiya Arabistonida madaniy almashinuv imkoniyatlarini cheklaydi. Robert Bosch fondining madaniyat menejeri 2011-yildan beri Jiddada ishlaydi.

2015-yilda Germaniya Saudiya Arabistonining Al-Jenadriyah madaniyat festivalining mehmoni sifatida rejalashtirilgan edi . Ammo qirol Abdullaning vafoti sababli festival bekor qilindi. Keyingi yili Germaniya bu rolni zimmasiga oldi va pavilonida oʻz madaniyati va iqtisodiyotini, jumladan Volkswagen, Airbus va Herrenknecht kabi nemis kompaniyalari faoliyatini taqdim etdi. Dasturni ishlab chiqishda Gyote Instituti ishtirok etdi.  Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer Saudiya Arabistoni qiroli bilan festivalni baham koʻrish uchun mamlakatga tashrif buyurdi. Salmon ibn Abdulaziz festivalni ochib berdi. Saudiya Arabistonida qisqa vaqt oldin sodir boʻlgan ommaviy qatllar tufayli Shtaynmayerning festivalda ishtirok etishi Germaniyada tanqidlarga uchradi[10][11][12].

2019-yilda suratga olingan „Mukammal nomzod“ filmi Saudiya-Germaniya hamkorlikdagi yirik suratga olishning birinchi namunasidir[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Saudi Arabia, Germany long-standing partners in changing times“ (en). Arab News (2017-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  2. Welle (www.dw.com). „Germany to curb mosque funding from Gulf states | DW | 28.12.2018“ (en-GB). DW.COM. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  3. „ʻSaudi-funded mosques breeding extremism’“. www.thelocal.de. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  4. „ʻMakes no difference’: Saudi minister slams German arms ban“ (en). www.aljazeera.com (2020-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  5. „Britain urges Germany to ease curbs on arms sales to Saudi“. AP NEWS (2019-yil 20-fevral). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  6. Welle (www.dw.com). „Germany sells arms to members of Saudi-led Yemen coalition | DW | 02.04.2020“ (en-GB). DW.COM. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  7. Noack, Rick. „Germany halted all arms exports to Saudi Arabia. It worked too well, and now Berlin is looking for a way out.“. The Washington Post (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  8. „Ambassador sees Germans coming soon to Saudi Arabia ʻin large numbers’ as Kingdom opens doors to world tourists“ (en). Arab News (2019-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  9. Welle (www.dw.com). „Saudi women refugees in Germany: Still living in fear | DW | 19.02.2019“ (en-GB). DW.COM. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  10. Andoza:Internetquelle
  11. Andoza:Internetquelle
  12. https://taz.de/Kommentar-Umgang-mit-Saudi-Arabien/!5262909/
  13. „ʻThe Perfect Candidate,’ a Saudi movie to debut in German language“ (en). Arab News (2020-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.