Germa
Qiyofa
Germa (yun. hermes) — bosh haykali bilan tugallangan toʻrt qirrali ustun. Dastlab yunon mifologiyasidagi savdo xudosi va yoʻlovchilar homiysi Germesning (nomi shundan), keyinchalik boshqa xudolarning, milloddan avvalgi V asrdan davlat arboblari, faylasuflar va boshqa faylasuflarning portretlari tasvirlangan. Qadimgi davrda chegara belgilari, yoʻl koʻrsatkichlari va shu kabi vazifalarni oʻtagan. XVI asrdan bezak va bogʻ haykallari sifatida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda ham Germaning namunalari yaratilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |