Gerbariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gerbariy (lot. herba — oʻt, oʻsimlik) — 1) maʼlum maqsadlar (flora, sistematika, geobotanika, geografiyaga oid tadqiqotlar olib borish va b.) uchun maxsus usullar asosida yigʻib quritilgan oʻsimliklar kolleksiyasi. Dunyoda oʻsimliklarning 300000 dan ziyod turi saqlanadigan 500 ga yaqin yirik G. bor. Bunday kolleksiyalarning eng kattalari Parij, Praga, London (Linney G.si), Jeneva (Dekamdol va Buasye G.si), Vashington, London, SanktPeterburg , Moskva, Toshkent, Tomsk, Kiyev kabi shaharlarda toʻplangan. Toshkent (Oʻzbekistan FA Botanika instituti va botanika bogi) da bir mln.dan ziyod oʻsimlik nusxalari saqlanadi.

Umumiy G. (muayyan hudud oʻsimliklari kolleksiyasi) va maxsus G. (ovqatga ishlatiladigan, texnik, dorivor va b. oʻsimliklar kolleksiyasi) boʻladi. Yigʻilgan oʻsimliklar tikiladigan yoki yopishtiriladigan qogʻoz 42x30 sm hajmda boʻlishi lozim. Maxsus qogʻozlarga tikilib yorliqlari yopishtirilgan oʻsimlik nusxalari dunyo boʻyicha qabul qilingan yagona tizim (Engler tizimi) asosida G.lar uchun maxsus tayyorlangan shkaf yoki qutilarda saqlanadi. 2) tayyor kolleksiyalar (G.lar) saqlanadigan va ular ustida ilmiy ishlar olib boriladigan maxsus muassasalar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil