Kontent qismiga oʻtish

Gerakliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gerakliy — Bospor podsholiginiit Azov dengizi boʻylarida joylashgan shahri. Yunon geograflari Strabon, Ptolemey asarlarida qayd etilgan. Koʻpchilik olimlarning fikricha, G.ning qoldiqlari Kazantip burnidagi (hoz. Qrim yarim orolning Misovo qishlogʻi yaqinida) shahar harobasi oʻrnida boʻlgan. Qazishmalar natijasida milodning dastlabki asrlariga oid imoratlar qoldiqlari va yongʻin qatlami ochilgan. Aftidan G. taxminan 270 yilda gotlar tomonidan vayron etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil