Gepatologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gepatologiya (yun. hepar — jigar va ...yaogiya) — gastroenterologiya fanining bir boʻlimi; jigar va oʻt yoʻllari kasalliklarining kelib chiqish sabablari, klinik kechishi, diagnostikasi hamda davolash va oldini olish usullarini oʻrganadi. Xususiy va umumiy G. farq qilinadi. G. jigarning tuzilishi va faoliyatini oʻrganish borasida elektron mikroskopiya, gistokimyo, ultratsentrifugalash, xromatografiya, radioizotop tekshirish, EHM va b. tadqiqotlarga asoslanadi. Tibbiyot texnikasining takomillashganligi (mas, punksion nina va zondlar, laparoskopiya, angiografiya oʻtkaziladigan apparatlar) G.ning jadal rivojlanishiga im kon berdi. Hoz. G. oldida turgan eng muhim muammolardan biri gepatit, virusli gepatit, gepatoz, jigar sirrozi kabi jiddiy kasalliklarning oldini olish va davolashga qaratilgan. G. oʻz amaliyotida jigarni punksiya qilish, radioizotop skanirlash, ultratovush tashhisi (UTT), immunologik, kompyuter tomografiya kabi tekshirish usullaridan foydalanadi.

GEPIDLAR(lot. Gepidae) — gotlartya qardosh boʻlgan german qabilalari guruhi. 2-a.da Skandinaviyadan Boltiq dengizining sharqiy sohiliga koʻchib oʻtishgan. 2-a.ning oxirida gotlar ortidan jan.-sharqqa qarab siljishgan. 4-a.ning oxirida gunnlarning qabilalar ittifoqiga kirgan. 6-a.ning 2-yarmida langobardlar va avarlarnint birlashgan kuchlari tomonidan boʻysundirilgan. G.ning qolganlari 9-a.da venger elatining shakllanishida qatnashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil