Geotexnologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Geotexnologiya (geo... va texnologiya) — foydali qazilmalarni Yer qaʼridan qazib olishning maxsus kimyoviy, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va mikrobiologik yoki ularning yotgan joylarida qaytadan ishlash metodlari. G. yer ostida odamlar ishtirokisiz bajariladi. Foydali qazilmalar G.da burgi qudugʻi orqali qazib oli-nadi. G. ga yer ostida kumirni gazlashtirish, bakterial ishkrrsizlantirish, oltingugurtni eritish, qattiq holdan gaz holatiga oʻtuvchi jinslarni haydash, vulkan jinslari va issiq suvlardan minerallarni ajratish, neft va neft mahsulotlarini termik yoʻl bilan olish va b. misol boʻladi. Dunyo boʻyicha oltingugurtning 2/3 qismi kuchli isitilgan suv yordamida yer ostida rudali jismlardan eritib olinadi, bunda uning sifati yuqori boʻladi (99,99%). Shu yoʻl bilan 80-90° da eriydigan asfalt, bura (tanakor), ozokerit (togʻ mumi) va b. eruvchi minerallarni qazib olish mumkin. G. sanoat rudasi kam boʻlgan va tarqoq elementlar bor konlarda ishlatiladi. G. ilmiy yoʻnalish boʻlib, foydali qazilmalarni ajratib olishning optimal texnologiyasi bilan shugʻullanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil