Geotermik gradiyent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Geotermik gradiyent - har 100 m ga chuqurlashgan sari Yer poʻstidagi togʻ jinslari t-rasining koʻtarilib boradigan miqdori. G. g . turli joyda yer yuzasining shakli, togʻ jinslarining issiqlik oʻtkazuvchanligi, yer osti suvlarining aylanib yurishi, vulkan oʻchoqlariga yaqinligi, Yer poʻstida yuz beradigan turli kimyoviy reaksiyalarga koʻra oʻzgaradi. Chuqurlashgan sari t-raning koʻtarilib borish qonuniyati Yer kaʼridan yuzasiga tomon issiqlik oqimi mavjudligini koʻrsatadi. Bu oqimning miqdori G. g .ning issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti koʻpaytmasiga teng . Koʻpin-cha, G. g . miqdori 0,5 dan 20° gacha oʻzgarib, urtacha 3° ga tengdir. Anomal G. g . (30-40°/km va undan ortiq) miqdori Talas—Chatqol—Qurama va Sharqiy Qirgʻiziston maydonlariga taalluqli, past G. g . (20—25°/km) Fargʻona, Norin anomal zonalari, Shim. va Oʻrta Tyanshanning markaziy qismlari, Jan. Tyanshanning baʼzi bir qismlariga xos. G. g .ning Urtacha miqdori (27— ZG/km) Norin botigʻining gʻarbiy qismida kuzatilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil