Georgiy Zastavnikov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Georgiy Ivanovich Zastavnikov (1898.13.12—1970.13.2, Toshkent) - sirk artista. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 1907-yildan ukasi Vladimir Ivanovich 3. (1900—1926) bilan Turkistonning shahar va qishloklarida qoʻsh chigariq, aylanadigan temir shoti ustida gimnastika tomoshalari koʻrsatgan. Komik akrobatlar (Shax va Mat), 1913-yildan kupletchi masharabozlar, buffmasharabozlar sifatida shuhrat qozonganlar. Oʻrgatilgan hayvonlar bilan boʻlgan tomoshalarida komediyali, satirik yoki taklidiy sahnalar koʻrsatdi. "4 G" (antifashistik pamflet, Gitler, Gebels, Gering, Gimmler haqida) va b. tomoshalari mashhur boʻlgan. 1918—22 yillarda Buxoroda, keyinchalik V. Lazarenko bilan Fargʻonada tomosha koʻrsatgan (1930). U 40 yil davomida hamma manejlarda it oʻynatish tomoshasi bilan chiqqan. Oʻzbek sirk jamoasida masharabozhayvon oʻrgatuvchi boʻlib ishlagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil