Georgiy Leonidze
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Georgiy Nikolayevich Leonidze [1899.15(27). 12, Patordzeuli qishlogʻi — 1966.9.8, Tbilisi] — Gruziya xalq shoiri (1959). Gruziya Fanlar Akademiyasi akademik (1944). Gruziya Fanlar Akademiyasi Shota Rustaveli nomidagi Gruzin adabiyoti instituti direktori (1957-yildan). "Ninotsmind kechasi", "Qipchoq bilan uchrashuv", "Sesarka", "Kalila va Damana" kabi lirik asarlar yaratgan (1924—25). Kishilarning mashaqqatli mehnati, nozik dil kechinmalari L. ijodida bosh mavzu boʻlgan. 30-yillarda yozgan sheʼrlari, asosan, zamondoshlarining hayoti, insoniy goʻzallik, xalqlar doʻstligi haqida. 2-jahon urushi yillarida yaratgan asarlari gruzin jangchilarining qahramonliklariga bagʻishlangan. "Samgori" (1950), "Portoxala" (1951) kabi dostonlarida xalq tarixi aks etgan, bularda nozik lirizm koʻzga tashlanadi. "Sexrli daraxt" (1962) xotiralar kitobi esa Kaxetiyaning oʻziga xos manzaralarining jonli tasviridir. L.ning "Oq choʻqqilar" asari oʻzbek tilida nashr etilgan (1973).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |