Georgiy Karsivadze

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Georgiy Sergeyevich Karsivadze (1899.10.1, Batumi - 1951.27.2, Toshkent) — opera xonandasi (dramatik bariton), Oʻzbekiston xalq artisti (1945). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1914). Tbilisi opera va balet teatrida (1918—29), Qozon, Perm, Gorkiy teatrlari (1929—34), 1934— 47 yillarda Toshkent Rus opera va balet teatri, 1948 yildan Navoiy nomidagi teatr yakkaxon xonandasi. Shu teatrda Grigoriy Jeleznoye (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, "Boʻron"), Mazepa (P. Chaykovskiy, "Mazepa"), Mizgir (N. Rimskiy-Korsakov, "Qor qiz"), Knyaz Igor (A. Borodin, "Knyaz Igor"), Rigoletto (J. Verdi, "Rigoletto") kabi asosiy partiyalarni ijro etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil