Georges Cuvier

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

KYUVYE (Cuvier) Jorj (1769.23.8, Monbelyar, Elzas — 1862.13.5, Parij) — fransuz tabiatshunosi. Parij Fanlar akademiyasi (1796-yildan) va Fransiya akademiyasi (1818-yildan) aʼzosi, davlat arbobi. K. solishtirma anatomiya, paleontologiya va hayvonot dunyosi sistematikasi bilan shugʻullangan. K. hayvonlar tanasi, xususan, nerv sistemasi tuzilishining oʻxshashligi asosida hayvonot dunyosi shajarasi toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratdi. Organlar tuzilishini oʻrganishda solishtirma anatomik prinsipni qoʻlladi; korrelyasiya hodisasini ochdi, koʻplab qirilib ketgan hayvonlarni tavsiflab berdi; zoologiyaga "tip" tushunchasini kiritdi. K. Yerda hayotning rivojlanishi borasida oʻzining metafizik katastrofalar nazariyasini ilgari surdi. Tirik tabiatning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi J. Lamark va organizmlar tuzilishining oʻxshashligi toʻgʻrisidagi Sent-Iler taʼlimotlariga qarshi chikdi. K. ishlari evolyusion taʼlimotnn yaratish uchun asos boʻldi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil