George Thorne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
George Thorne
George Thorne2 (cropped).jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi George Louis Elliot Thorne[1]
Tavallud sanasi 4-yanvar 1993-yil (1993-01-04) (29 yosh)
Tavallud joyi Chatham, Angliya
Boʻyi 1.88 m (6 ft 2 in)[2]
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004–2009 West Bromwich Albion
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009–2014 West Bromwich Albion 10 (0)
2011Portsmouth (ijara) 4 (0)
2012Portsmouth (ijara) 10 (0)
2012Peterborough United (ijara) 7 (1)
2013–2014Watford (ijara) 8 (0)
2014Derby County (ijara) 9 (1)
2014–2020 Derby County 57 (2)
2019Luton Town (ijara) 3 (0)
2019–2020Oxford United (ijara) 1 (0)
2020 Oxford United 3 (0)
Milliy terma jamoa
2009 England U16 2 (0)
2009–2010 England U17 13 (0)
2011 England U18 1 (0)
2010–2012 England U19 20 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16:53, 2020-yil 12-avgust (utc) uchun)

George Louis Elliot Thorne (1993-yil 4-yanvarda tugʻilgan)[3] — ingliz professional futbolchisi, yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U oxirgi marta EFL Birinchi liga klubi Oxford Unitedda oʻynagan.

Klub karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

West Bromwich Albion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chathamda tugʻilgan Thorne 2005-yilda West Bromwich akademiyasiga qoʻshildi, u Cambridge Unitedning yoshlar sxemasi yopilganda klubsiz qolgan koʻplab iqtidorli yoshlaridan biri edi. U 2009–2010-yilgi mavsumda Sheffield Wednesdayga qarshi 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, Simon Cox uchun zaxiradan maydonga tushdi.[4] Bu 16 yoshu 328 kunligida uni Albion sharafini himoya qilgan eng yosh futbolchiga aylantirdi, ushbu sharafga birinchi marta 1960-yil aprel oyida Bobby Hope erishgan edi.[5] 2010-yilning yanvarida Thorne Albion bilan birinchi professional shartnomasini klubning Nottingham Forest bilan mezbonlik oʻyini oldidan imzoladi.[6]

Portsmouth (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thorne 2011-yil 24-noyabrdan 2012-yilning 2-yanvarigacha Joe Mattock bilan birgalikda Portsmouth Chempionlar ligasi jamoasiga qoʻshildi.[7] Ikki kundan soʻng u Fratton Parkda Leicester Cityga qarshi 1:1 hisobida durang oʻynab, oʻz debyutini qildi.[8] 2011-yil 20-dekabrda Throne jarohat olganligi sababli yana ikki futbolchi bilan birga boshqa klublarga ijara asosida chaqirib olingan.[9] 2012-yilning 18-fevralida u ijara asosida Portsmouthga qaytdi.[10] Throne oʻsha kuni Barnsleyga qarshi oʻyinda (2:0) ikkinchi debyutini oʻtkazdi.[11] 30-mart kuni u Barnsleyga qarshi oʻyinda toʻpigʻidan jarohat oldi, mavsumning qolgan qismida safdan chiqdi va West Bromwichga qaytdi.[12]

Peterborough United (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 21-noyabrida u Peterborough Unitedga yanvargacha ijara asosida oʻtdi.[13] U uch kundan soʻng klubdagi debyutini oʻtkazdi va Peterboroughga Ipswich Townga qarshi 1:1 hisobida durang oʻynashga yordam berdi.[14] U jamoadagi birinchi golini 22-dekabr kuni Bolton Wanderersga qarshi oʻyinda (5:4) kiritdi.[15]

West Brom safiga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 28-dekabrda West Bromwich menejeri Steve Clarke Thorneni Peterboroughdan chaqirib oldi.[16] Ikki kundan soʻng Thorne faoliyatini Manchester United bilan boʻlgan Premier liga bahsida markaziy yarim himoyada boshladi.[17]

Watford (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 6-noyabrida Thorne 2014-yilning 2-yanvariga qadar Watfordga ijaraga berildi.[18]

Derby County (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 30-yanvarda Thorne 2013–2014-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Derby Countyga ijaraga berildi.[19] Thorne Derby County safida ilk bor 2014-yil mart oyida Nottingham Forestga qarshi oʻyinda (5:0)[20] gʻalaba qozonganida debyutini qilgan. U Derbydagi ilk golini 2014-yilning 18-aprelida Doncasterga qarshi oʻyinda kiritdi.[21] Thorne Wembleyda boʻlib oʻtgan Chempionlar ligasi pley-off finalida Rams uchun ijaraga olingan soʻnggi oʻyinini oʻtkazdi, oʻshanda uning jamoasi QPRga 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan edi.[22]

Derby County[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 18-iyulda Derby County Thorne uchun West Bromwich Albion bilan kelishuvga erishdi.[23] Ertasi kuni, shaxsiy shartlarni kelishib, tibbiy koʻrikdan oʻtgandan soʻng, Thorne 4 yillik shartnoma asosida Derbyga qoʻshildi. Taxminlarga koʻra, toʻlov 2,6 milion yoki 3,2 million funt sterling atrofida boʻlgan.

2014-yilning 22-iyulida Thorne Sankt Peterburgning Zenit klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini chogʻida tizzasidan jarohat oldi va toʻqqiz oyga futboldan chetda qoldi.[24]

Mashqlarga qaytish va yana asosiy jamoaga kirish uchun qattiq kurashgan Thorne 2016-yil 7-may kuni Ipswich Townga qarshi mavsumning soʻnggi liga oʻyinida oyogʻini sindirib oldi va bir yildan koʻproq vaqtga futboldan chetda qoldi.[25] Bunga operatsiyalar paytidagi bir qator asoratlar sabab boʻlgan, qobiliyat va futbolchilik sezgilariga ega boʻlishiga qaramay, u jarohatdan keyin jismonan oldingidek futbolchi emas edi.

Thorne 2019-yilning 7-yanvarida 2018–2019-yil mavsum oxirigacha ijara asosida Birinchi liga klubi Luton Townga oʻtdi.[26]

Oxford United[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2019-yilning 19-avgustida 2020-yilning yanvarigacha ijara asosida Birinchi liganing boshqa klubi Oxford Unitedga oʻtdi.[27] Ijara 2020-yil 22-yanvarda doimiy etib belgilandi va Thorne 2019–2020-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.[28]

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Thorne 2008-yil 23-oktabrda Angliya U16 Uels terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak boʻlgan Victory Shield uchun Angliya U16 terma jamoasiga chaqirildi.[29] U Angliya U16 terma jamoasidagi debyutini 58-daqiqada maydonga tushib, Angliya terma jamoasiga golli uzatma berganida amalga oshirdi.[30] 2010-yil may oyida Thorne Angliya terma jamoasi Ispaniya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida, finalda zaxiradan maydonga tushib, 17 yoshgacha boʻlgan jamoaga ilk bor Yevropa chempionatida gʻalaba qozonishiga yordam berdi.[31]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 25-fevral holatiga ko'ra:
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga FA kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
West Bromwich Albion 2009–2010 Chempionlar ligasi 1 0 0 0 0 0 1 0
2010–2011 Premier liga 1 0 0 0 0 0 1 0
2011–2012 Premier liga 3 0 1 0 2 0 6 0
2012–2013 Premier liga 5 0 2 0 2 0 9 0
2013–2014 Premier liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 10 0 3 0 4 0 17 0
Portsmouth (ijara) 2011–2012 Chempionlar ligasi 14 0 14 0
Peterborough United (ijara) 2012–2013 Chempionlar ligasi 7 1 7 1
Watford (ijara) 2013–2014 Chempionlar ligasi 8 0 8 0
Derby County (ijara) 2013–2014 Chempionlar ligasi 9 1 3 1 12 2
Derby County 2014–2015 Chempionlar ligasi 3 0 0 0 0 0 3 0
2015–2016 Chempionlar ligasi 34 2 1 1 1 0 0 0 36 3
2016–2017 Chempionlar ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2017–2018 Chempionlar ligasi 20 0 1 0 1 0 0 0 22 0
2018–2019 Chempionlar ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
2019–2020 Chempionlar ligasi 0 0 0 0 0 0
Jami 66 3 2 1 2 0 3 1 73 5
Luton Town (ijara) 2018–2019 Birinchi liga 3 0 3 0
Oxford United 2019–2020 Birinchi liga 4 0 1 0 2 0 0 0 7 0
Jami karyera 112 4 6 1 8 0 3 1 129 6

Yuturqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya U17
  • 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Yevropa chempionati chempioni: 2010-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „EFL: Retained list: 2015/16“. English Football League. 2-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyun 2016-yil.
  2. „BBC Sport, Football, Squad Profiles, George Thorne“. BBC. Qaraldi: 26-aprel 2011-yil.
  3. „Academy Player Profiles 2009/10“. West Bromwich Albion F.C. (23-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2009-yil.
  4. „Sheff Wed 0–4 West Brom“. BBC Sport (28-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2009-yil.
  5. „Boss gives Thorne early Christmas gift – update“. West Bromwich Albion F.C. (30-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 17-dekabr 2009-yil.
  6. „Thorne set to go pro“. West Bromwich Albion F.C. (8-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 10-fevral 2010-yil.
  7. Appleton makes his mark on Blues Arxivlandi 2012-01-30 Wayback Machine saytida.; Portsmouth.co.uk, 25 November 2011
  8. „Portsmouth 1-1 Leicester“ BBC Sport. 26 November 2011.
  9. „Depleted West Bromwich Albion recall three“. BBC Sport (20-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2011-yil.
  10. „Thorne rejoins Pompey on loan“ Sky Sports. 18 February 2012.
  11. „Barnsley 2-0 Portsmouth“ BBC Sport. 18 February 2012.
  12. Thorne Returns To West Brom Arxivlandi 2012-04-08 Wayback Machine saytida.; Portsmouth F.C., 5-aprel 2012
  13. „George Thorne joins Peterborough on loan from West Brom until January“ Sky Sports. 21 November 2012.
  14. „Ipswich 1-1 Peterborough“ BBC Sport. 24 November 2012.
  15. „Peterborough 5-4 Bolton“ BBC Sport. 22 December 2012.
  16. „Baggies bring back George Thorne“. Birmingham Mail. Trinity Mirror Midlands (28-dekabr 2012-yil). 18-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
  17. „George Thorne wants to keep West Brom place“. Express & Star. 2-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
  18. „Hornets Sign Thorne“. Watford F.C. (6-noyabr 2013-yil). 6-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  19. „Derby Land Midfielder Thorne“. Derby County FC (30-yanvar 2014-yil).
  20. „George Thorne's Derby County debut is worth the wait“. Derby County FC (18-iyul 2014-yil). 25-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
  21. „Half-time: George Thorne gives Derby County 1–0 lead at Doncaster Rovers“. 25-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
  22. „Queens Park Rangers 1 Derby County 0, Championship play-off final: match report“. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
  23. „Derby County Agree A Fee With West Bromwich Albion For George Thorne“. Derby County Official Website. Qaraldi: 18-iyul 2014-yil.
  24. „George Thorne: Derby midfielder out for up to nine months“. BBC Sport. Qaraldi: 24-iyul 2014-yil.
  25. „Derby's Thorne suffers double leg break“. BBC Sport.
  26. Simmonds, Mike. „Luton sign Rams midfielder Thorne on loan“. Luton Today (7-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2019-yil.
  27. „Oxford United: Bristol City's Matty Taylor and Derby's George Thorne join on loan“. BBC Sport (19-avgust 2019-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2019-yil.
  28. „George Thorne: Oxford sign Derby midfielder on permanent deal until end of the season“. BBC Sport (22-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2020-yil.
  29. „Thorne earns England call-up“. West Bromwich Albion F.C. (23-oktabr 2008-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2008-yil.
  30. „Thorne's England debut delight“. West Bromwich Albion F.C. (1-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2008-yil.
  31. „Baggies duo are Euro champs“ Arxivlandi 2010-06-02 Wayback Machine saytida., West Bromwich Albion F.C., 1-iyun 2010.