George R. R. Martin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
George R. R. Martin
Portrait photoshoot at Worldcon 75, Helsinki, before the Hugo Awards – George R. R. Martin.jpg
George Martin 2017-yilda
Tavalludi
George Raymond Richard Martin

20-sentyabr 1948
Fuqaroligi AQSH
Kasbi Yozuvchisi, ssenariynavis, produser va muharrir
Veb-sayti Official website
Imzosi
George R. R. Martin signature.svg

George Raymond Richard Martin (1948-yil 20-sentabrda tugʻilgan) — amerikalik fantastik mavzudagi kitoblar yozuvchisi, ssenariychi, produser va muharrir, koʻplab adabiy mukofotlarning gʻolibi. 1970-1980-yillarda u fantastika, dahshat va xayoliy adabiyot janridagi hikoyalar va romanlari uchun shuhrat qozondi. Unga eng katta shon-sharaf 1996-yilda yozilgan „Muz va olov qoʻshigʻi“ xayoliy sikli va shu romanga asoslangan romanlar turkumi tomonidan olib kelingan, keyinchalik HBO tomonidan ushbu romanlar turkumiga asoslanib televizion seriallar koʻrinishida suratga olingan „Taxtlar oʻyini“ juda katta muvaffaqqiyat qozondi. „Taxtlar oʻyini“ Martinga va barcha film ijodkorlariga olamshumul mashhurlik olib keldi. George Martinning ushbu kitoblari adabiyotshunoslarga Martinni „Amerikalik Tolkien“ deb atashga sabab boʻldi. 2011-yilda Time jurnali Martinni dunyodagi eng nufuzli odamlar roʻyxatiga kiritdi.