George Mosson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
George Mosson
Tavalludi 2-fevral 1851-yil
Aix-en-Provence, Fransiya
Vafoti 3-sentyabr 1933-yil
Berlin, Germaniya
Millati fransuz
Sohasi rassom (natyurmort, peyzaj, portret

George Mosson (talaffuzi: Jorj Mosson, 1851-yil 2-fevral, Aix-en-Provence – 1933-yil 3-sentyabr, Berlin) – kelib chiqishi fransuz boʻlgan nemis rassomi[1]. Asosan gulli natyurmortlar, shuningdek, peyzaj va portretlari bilan mashhur boʻlgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mosson 1851-yil 2-fevralda Fransiya janubidagi Aix-en-Provence shahrida tugʻilgan. Rassom 14 yoshida, yaʼni 1865-yilda Berlinga keladi va u yerda maktabdagi taʼlimini tugatgan[2]. Uning rassomchilikdagi taʼlimi dastlab Berlin akademiyasida Carl Steffeck va Hermann Freese murabbiyligida boshlangan, keyinroq Veymar sanʼat maktabiga oʻqishga kiradi[3]. 1884-yildan boshlab Mosson Berlinda oʻz koʻrgazmalarini oʻtkazgan.

1933-yil 3-sentyabrda Mosson Berlinda vafot etgan[2]. Nemis rassomlari uyushmasi aʼzosi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rudolf Pfefferkorn: Die Berliner Secession: Eine Epoche Deutscher Kunstgeschichte. Haude & Spenersche Verlagsbuchhandlung, Berlin 1972; ISBN 3-7759-0150-7