George John

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

George John (talaffuzi: Jorj Jon) — amerikalik futbolchi bo`lib, markaziy himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.

George John Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 20-mart 1987-yil(1987-03-20) (35 yosh)
Shoreline, Washington, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Fuqaroligi Flag SShA AQSh

Flag Gresii Gretsiya
Boʻyi 191 cm
Pozitsiyasi markaziy himoyachi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-2008-yillarda George John Vashington universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha tahsil olgan va National Collegiate Athletic Associationda „Washington Huskies“ universiteti futbol jamoasida oʻynagan[1][2].

2009-yilning 15-yanvarida George John MLS Super Draftning birinchi bosqichida „Dallas“ jamoasi tomonidan umumiy hisobda 14-o‘rinni egalladi[3]. U oʻzining professional debyutini 2009-yil 4-aplreda „New England Revolution“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi[4]. 2009-yilning 16-mayida „Seattle Sounders“ klubiga qarshi o‘yinda u o‘ng sonini jarohatlab oldi va shutufayli keyingi oltita o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur boʻldi[5]. 2009-yil 17-oktyabrda u „Colorado Rapids“ jamoasi darvozasiga birinchi professional golini urdi[6].

George John 2010-yilgi „AHEPA Garri Agganis“ mukofotini oldi[7].

2011-yil avgust oyida George Johnga Angliyaning „Blackburn Rovers“ jamoasi qiziqish bildirgan, biroq tomonlar kelishuvga erisha olishmagan[8][9][10].

2014-yil 10-dekabrda George John MLS kengayish loyihasida „New York City“ jamoasi tomonidan tanlangan[11][12][13]. Biroq mavsum davomida klub roʻyxatida boʻlganiga qaramay, u bilan shartnoma rasman imzolanmagan[14].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilning may oyida George John Gretsiya terma jamoasi yigʻiniga taklif qilindi[15][16].

2011-yil 22-dekabrda George John Venesuela va Panamaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari bilan yakunlangan yillik yanvar yigʻiniga AQSh terma jamoasiga chaqirildi[17][18]. Ammo 2012-yilning 4-yanvarida u klub muammolarini hal qilish uchun lagerni tark etdi[19].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Play off bosqichi Kubog Chempionlar ligasi Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
FC Dallas 2009 16 1 16 1
2010 25 0 3 1 28 1
2011 31 3 1 0 2 0 7 0 41 3
2012 23 0 1 0 24 0
2013 24 2 2 0 26 2
West Ham United 2012 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy karyerasida 119 6 4 1 5 0 7 0 135 7

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Player Bio: George John“ (en). University of Washington Official Athletic Site. 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  2. „FCD select three players in '09 SuperDraft“ (en). FC Dallas (2009-yil 15-yanvar). 2009-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 26-yanvar.
  3. „FC Dallas sign John to senior roster“ (en). FC Dallas (2009-yil 3-mart). 2009-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-mart.
  4. Kyle McCarthy. „Ralston, Revs rally to beat FC Dallas“ (en). MLSnet.com (2009-yil 4-aprel). 2010-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  5. „George John“ (en). FC Dallas. 2021-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  6. Steve Hunt. „FCD defeats Rapids, continues charge“ (en). MLSnet.com (2009-yil 17-oktyabr). 2010-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  7. „George John named 2010 recipient of AHEPA Harry Agganis Award“ (en). FC Dallas (2010-yil 16-avgust). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-mart.
  8. „Rovers fail to reach agreement with MLS defender“ (en). Mirror Online (2011-yil 29-avgust). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  9. „Blackburn make bid for George John“ (en). FOX Sports (2011-yil 18-avgust). 2021-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-dekabr.
  10. Greg Lalas. „FCD defender George John's move to Blackburn called off“ (en). MLSsoccer.com (2011-yil 28-avgust). 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  11. „New York City FC Bolsters Roster in Expansion Draft“ (en). New York City FC (2014-yil 10-dekabr). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-noyabr.
  12. „MLS Expansion Draft: Listen in live as New York City FC & Orlando City SC build out rosters“ (en). MLSsoccer.com (2014-yil 10-dekabr). 2020-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-avgust.
  13. Daniel Robertson. „Defender George John selected by NYC FC in the 2014 MLS Expansion Draft“ (en). FC Dallas (2014-yil 10-dekabr). 2017-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-noyabr.
  14. Dave Martinez. „George John was never officially a member of NYCFC“ (en). Empire of Soccer (2015-yil 7-dekabr). 2017-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-noyabr.
  15. „George John called into camp by Greek National Team“ (en). ESPN (2011-yil 27-may). 2021-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  16. „John called into Greece national team“ (en). FC Dallas (2011-yil 27-may). 2021-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  17. „Klinsmann Names 20 Players for January Training Camp and Matches Against Venezuela and Panama“ (en). U.S. Soccer (2011-yil 22-dekabr). 2013-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 16-may.
  18. „USMNT calls on Brek Shea, George John and Zach Loyd for January camp“ (en). FC Dallas (2011-yil 22-dekabr). 2021-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-aprel.
  19. „Klinsmann Adds Seattle Sounders Duo Brad Evans and Jeff Parke to January Camp Roster“ (en). U.S. Soccer (2012-yil 4-yanvar). 2013-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-may.