Kontent qismiga oʻtish

George Bull

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

George Bull ingliz ilohiyotchisi hamda St. David cherkovi episkopi boʻlgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

George Bull 1634-yilning 25-martida Wellsda joylashgan St Cuthbert okrugida tugʻilgan va Wells grammatika maktabida taʼlim olgan hamda Samuel Butler qoʻl ostida Tivertondagi Blundell maktabida tahsil olgan. 14 yoshga toʻlishidan oldin Thomas Clifford biln doʻst boʻlgan Exeter kollejiga kiradi. 1649-yilda oʻz rahbari Baldwin Ackland nikohni qayd etishdan bosh tortganida birgalikda universitetdan ketishadi hamda Somersetdagi North Cadburyda qoʻnim topishadi.

Keyinchalik Bull Ubley hokimi hamda puritanlardan boʻlgan William Thomas qoʻl ostida taʼlim oladi. Biroq, Bull unga Richard Hooker, Henry Hammond va Jeremy Taylorlarni oʻqishida boshchilik qilgan William Thomasning oʻgʻli Samuel Thomasdan ilhomlanadi. Thomasni tark etgach, Bull episkoplikka nomzodini qoʻyish uchun Oksford yeparxiyasidan haydalgan episkop Robert Skinnerga murojaat qiladi va 21 yoshida u diakon va ruhoniy etib tayinlanadi. Tayinlovdan soʻng u Bristol yaqinidagi St Georgening kichik hayotini oldi. Robert Sanderson va boshqalar qatori Bull ham kitobsiz, yodlagan cherkov ibodatlaridan foydalangan. Bull har yili ikki oyni Oksfordda oʻtkazar va borish va qaytish vaqtida Cirencesterdagi Abbey House boshligʻi ser Williamga tashrif buyurardi. Shu tariqa u turmush oʻrtogʻi Bridgetning otasi Alexander Gregory bilan bilan koʻrishadi

Ilohiyot (teologiya)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bull Angliya ilohiyotshunoslari orasida yuqori oʻrin tutadi va Trinity taʼlimotining himoyachisi sifatida hatto Rim katolik cherkovi tarafdorlari tomonidan yuksak hurmatga sazovor boʻlgan. u armin ilohiyotiga ega edi. Bull Defensio hamda Harmonia Apostolicada Kalvinizmga qarshi pozitsiyani shakllantirgan[1].

Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bull lotin tilida toʻrtta asosiy ilohiyot risolalarini yozgan, bittasi dalillash va uchtasi Trinity haqida. Lotin tilidagi asarlar 1703-yilda John Ernest Grabe tomonidan muharrir tomonidan soʻzboshi va izohlar bilan bir jildli folio shaklida toʻplangan va tahrirlangan. Bu asarlar turli xil davrlarda ingliz tiliga tarjima qilingan. Harmoia Apostolica 1801-yilda Great Houghtonlik Thomas Wilkinson tomonidan tarjima qilingan. The Harmonia, Examen Censurae, Defensio va Judicium 1842-1855-yillarda Oksfordda nash etilgan va Anglo-katolik ilohiyot kutubxonasining bir qismida saqlanmoqda. „Katolik cherkovining fikri“, Judiciumning tarjimasi 1825-yilda Thomas Rankin tomonidan Bull hayoti haqidagi xotiralar bilan nashr etilgan va Bullning barcha asarlari (jumladan, vaʼzlar va Nelson hayoti) Edward Burton tomonidan qayta koʻrib chiqilgan toʻliq nashri 1827-yilda Oksforddagi Clarendon Press nashriyotida yetti jildda nashr etilgan[2].

Harmonia Apostolica[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bull oʻzining birinchi kitobi Harmonia Apostolica asarida Avliyo Paul va Jamesning maktubi oʻrtasidagi iymon va nasroniylik oqlanishidagi yaxshi ishlar oʻrtasidagi tafovutlarni yoʻq qilishga harakat qilgan. U avliyo Jamesni havoriy Paul tomonidan emas, balki havoriy Paul avliyo James tomonidan talqin qilinishi kerak degan tamoyilni ilgari surgan, chunki avliyo James havoriy Pauldan oldin yashagan va uning taʼlimotidan xabardor boʻlgan deb taxmin qilingan. Ushbu asarga koʻplab shaxslar norozilik bildirib maktublar yozishgan. Xususan, episkop George Morley Bullga qarshi oʻz ruhoniylariga pastoral maktub yozadi; Thomas Barlow Oksfordda unga qarshi maʼruzalar oʻqidi; Thomas Tullyga maktub yozish uchun Morley va Barlow yordam bergani aytiladi; Thomas Gatakerning oʻgʻli Charlez Gataker, Thomas Truman va John Toombes kabi nonkonfotmistlar ham unga qarshi maktublar yozdilar. Shunga qaramay Harmonia Apostolica 1969-1970-yillarda nashr etilgan va uning Examen Censures (Gatakerga javobi) va Apologia pro Harmonia (Barlowga javobi) 1975-yilda nashdan chiqqan.

Defensio[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bullning yaxshi ishlar zarurligini targʻib qilishi uning dushmanlari uni sotsiniyalik deb taʼkidlashlariga sabab boʻldi. Shuning uchun u oʻzining Defensio Fidei Nicaenae (1685) asarini yaratishga oʻzining trinitarizmning polemik asosiga oʻtishiga oʻz oʻz pogʻonasini aniqlashtirish zarurati sabab boʻldi. Garchi asar 1680-yilda yakunlangan boʻlishiga qramay uchta nashriyot uni chop etishni rad etgan. Asar William Jane hamda John Fell koʻmagi bilan nashrdan chiqadi. Asar yaxshi qabul qilinadi va Jacques-Bénigne Bossuetning maqtoviga sazovor boʻladi. Asarning asosiy mazmuni quyidagidan iborat: Petavius va Simon Episcopius Nicenedan oldingi cherkov otalari oʻrnatgan Nicaea kengashi taʼlimotlari bilan bir xil taʼlimotlarga ega boʻlishga qarshi chiqishadi. Bull esa bularning hammasini yetkazishni oʻz zimmasiga oldi hamda anti Nicene otalarning fikrlariga eʼtibor qaratdi.

Defensio Fidei Nicaenaedan muhim iqtiboslar Abbé Mignening Patrologia Graecada Origenga bagʻishlangan yettikchi jildida qayta nashr etilgan.

Boshqa Trinitarizm ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bullning navbatdagi asari Judicium Esslesiae Catholicae (1694) Defensioning mantiqiy davomi hisoblanadi. Episcopiusning fikricha, Nicene otalari Allohning haqiqiy ilohligiga ishonishni katolik birligining ajralmas atamasi deb hisoblashmagan; Bull ular buni isbotlash uchun Judiciumni yozgan. Uning Primitiva et Apostolica Traditio deb atalgan Trinity masalasi boʻyicha soʻnggi ishi Daniel Zwickerning Masihning ilohiyligi, oldindan mavjudligi va mujassamlanishi ilk bid’atchilarning oʻylab topgan igʻvosi ekanligi haqidagi fikriga qarshi qaratilgan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Levitin, Dmitri. Ancient wisdom in the age of the new science : histories of philosophy in England, c. 1640-1700 (en). Cambridge: Cambridge University Press, 2015. 
  2. Edward Yardley, Menevia Sacra, (between 1739–1761), edited by Francis Green 1927